TAQU HUZURIDAGI TARMOQ MARKAZI

Shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini kasbiy qayta tayyorlash

Eng yaxshi kurslar va tajribali mutaxassislar bilan kasbiy ko'nikmalaringizni rivojlantiring.

Amaliy mashg'ulotlar
Sertifikat
Professional
E-Learning Platform
100+ tinglovchilar
3 Yo'nalishlar
3 Yo'nalishlar
5 Rahbariyat
100+ tinglovchilar
5 Sertifikat
Markaz haqida

Markaz haqida

Bizning markaz qurilish va arxitektura sohasida zamonaviy ta'lim va kasbiy malaka oshirish bo'yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi. Biz yuqori sifatli amaliy ta'lim xizmatlarini taqdim etamiz.

Amaliy mashg'ulotlar

Eng yaxshi kurslar va tajribali mutaxassislar bilan kasbiy ko'nikmalaringizni rivojlantiring.

Sertifikat

Eng yaxshi kurslar va tajribali mutaxassislar bilan kasbiy ko'nikmalaringizni rivojlantiring.

Professional

Eng yaxshi kurslar va tajribali mutaxassislar bilan kasbiy ko'nikmalaringizni rivojlantiring.

Bizning hamkorlarimiz

Partner 1
Partner 2
Partner 3
Partner 4
Partner 5
Yo'nalishlar

Yo'nalishlar

Qurilish muhandisligi Top

Qurilish muhandisligi

5.0
3 modullar 167 tinglovchilar
Batafsil

Qurilishda sun'iy intelekt texnologiyalaridan foydalanish

1.0
1 modullar 3 tinglovchilar
Batafsil

Chiqish testi

1.0
1 modullar 0 tinglovchilar
Batafsil
Yangiliklar

Yangiliklar

So'nggi yangiliklar va e'lonlar

Tarmoq markazi xodimlari Hongik universitetiga tashrif buyurdi
25.08.2026 68

Tarmoq markazi xodimlari Hongik universitetiga tashrif buyurdi

Tarmoq markazi va Hongik universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik rivojlantirilmoqda 2026-yil 18-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Tarmoq markazi xodimlari Koreya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Hongik universitetiga tashrif buyurdi.💎 Tashrif davomida Hongik universiteti professor-o‘qituvchilari hamda mas’ul mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 💎 Uchrashuvlar yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Tarmoq markazi hamda Hongik universiteti o‘rtasida qo‘shma malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur kelishuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish va pedagoglarning xalqaro tajribasini oshirishga xizmat qiladi.💎 Shuningdek, tashrif doirasida Hongik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Tarmoq markazida ishlab chiqilgan 9 ta malaka oshirish kursining o‘quv dasturlari ko‘rib chiqilib, ularga tegishli taqriz va tavsiyalar berildi. Mazkur ekspert xulosalari o‘quv dasturlarining mazmunini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish va zamonaviy talablar bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.💎 Hamkorlikning amaliy natijalaridan yana biri sifatida bitta qo‘shma malaka oshirish kursining mutaxassislik modullari Hongik universitetining tegishli kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Ushbu modul va dasturlarni ishlab chiqishda zamonaviy ilmiy yondashuvlar, ilg‘or xorijiy tajriba hamda qurilish va arxitektura sohasidagi yangi texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi. 🤝 Tashrif yakunida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma malaka oshirish kurslarini muntazam tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda ta’lim dasturlarini hamkorlikda takomillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi Memorandum imzolandi. 💎 Mazkur tashrif va erishilgan kelishuvlar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Tarmoq markazining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy tajribani malaka oshirish tizimiga joriy etish hamda arxitektura-qurilish sohasi pedagog kadrlari xamda soha mutaxassislarining kasbiy malakasini yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.Batafsil bu yerda...

Batafsil
ENERGIYA AUDITORLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI!
04.08.2026 115

ENERGIYA AUDITORLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI!

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi tarmoq markazi energiya auditorlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslariga qabul e’lon qiladi.⏬Bino va inshootlarda energiya auditi – 48 soat⏬Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarida energiya auditi – 144 soat⏬Dastur doirasida:⏬Energiya samaradorligi va energiya tejash⏬ISO 50001 talablari⏬Elektr, issiqlik, gaz va suv tizimlarida energiya auditi⏬Energiya yo‘qotishlarini aniqlash va hisoblash⏬Hisobot tayyorlash tartibiO‘qitish shakli: oflaynBoshlanishi: guruh shakllanishiga qarab     Kurs yakunida imtihondan o‘tganlarga sertifikat beriladi.    📞 Ro‘yxatdan o‘tish:    @shoxrux3252    +998935383252

Batafsil
E’LON! KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI!
06.07.2026 693

E’LON! KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARIGA QABUL BOSHLANDI!

🎓 “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari tashkil etilmoqda! Mazkur kurslar oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan nomutaxassis pedagog kadrlar uchun mo‘ljallangan. 🏛 Kurslar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Tarmoq markazida tashkil etiladi. ⏳ Kurs davomiyligi: 5 oy 🕒 Umumiy hajmi: 720 soat 📚 Ta’lim shakllari: • kunduzgi • masofaviy • aralash ta’lim ✅ O‘z kasbiy faoliyatingizni yangi yo‘nalishda rivojlantirish va “Geodeziya kartografiya va kadastr” sohasi bo‘yicha kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tish imkoniyatidan foydalaning! 📞 Batafsil ma’lumot va murojaat uchun: +998 93 538 32 52 📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Tarmoq markazi 📣 Qabul davom etmoqda! Joylar cheklangan!

Batafsil