Yangiliklar 19.10.2026 3184

“Geotexnika sohasidagi ilgʻor tajribalar” mavzusiga bag‘ishlangan mazmunli oflayn seminar

Joriy yilning 19-oktabr kuni TAQU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Qurilish muhandisligi” yo‘nalishi tinglovchilari uchun

Moskva davlat qurilish universiteti texnika fanlari doktori, dotsent Rubsov Oleg Igorevich tomonidan “Geotexnika sohasidagi ilgʻor tajribalar” mavzusiga bag‘ishlangan mazmunli oflayn seminar tashkil etildi.

Seminar davomida geotexnika sohasining zamonaviy qurilishdagi o‘rni va ahamiyati, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashda muhandislik-geologik izlanishlarning roli, gruntlarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash va baholash usullari hamda ilg‘or geotexnik texnologiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda qurilish ishlarini samarali tashkil etish, gruntlarning mustahkamligi va barqarorligini ta’minlash, zamonaviy poydevor konstruksiyalaridan foydalanish hamda xalqaro tajribalarni mahalliy qurilish amaliyotiga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, mavzu yuzasidan qizg‘in muhokamalar tashkil etildi.