Yangiliklar 15.10.2026 2958

TAQU tarmoq markazida ochiq dars tashkil etild

TAQU tarmoq markazida ochiq dars tashkil etild
TAQU tarmoq markazida ochiq dars tashkil etild
TAQU tarmoq markazida ochiq dars tashkil etild
TAQU tarmoq markazida ochiq dars tashkil etild

TAQU malaka oshirish tarmoq markazida pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish maqsadida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma‘naviy asoslari moduli dotsent Xudayorov A.X tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars davomida Markaz direktori S.Yu. Matkarimov va xodimlari, tinglovchilar faol ishtirok etishdi hamda shu modul yuzasidan dars tahlillari qilindi. Mavzu zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida yoritilib, taqdimot materiallari va interaktiv usullardan samarali foydalanildi. Mashg‘ulot ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Bunday ochiq darslar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.