Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma’naviy asoslari” moduli doirasida “Qurilish muhandisligi” yo‘nalishi tinglovchilari uchun sayyor dars tashkil etildi.
📌Dars davomida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uning tarixiy taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimizni asrash va rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📚Sayyor dars davomida ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni, ilm-fan va ta’lim taraqqiyotidagi ahamiyati, davlat tilining nufuzini oshirish hamda uni kelajak avlodlarga munosib yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.