“Qurilishda zamonaviy texnologiyalar” moduli doirasida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
Joriy yilning 22-oktabr kuni TAQU huzuridagi PKQTMO "Qurilish muhandisligi" yo‘nalishi tinglovchilari professor Rashidov Jasur G‘ayratovich boshchiligida “Qurilishda zamonaviy texnologiyalar” moduli doirasida Toshkent shahridagi High Town qurilish majmuasida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.📌Mashg‘ulot davomida tinglovchilar qurilish jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or qurilish usullari, bino va inshootlarning konstruktiv yechimlari hamda qurilish ishlarini samarali tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.📚Mazkur amaliy mashg‘ulot tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, qurilish sohasidagi zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Batafsil